“O‘zbek shoiri va dramaturgi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.

Yangiliklar

O’zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, xalq shoiri Usmon Azim tavalludi munosabati bilan Muzrabot tuman  axborot – kutubxona markazimizda “O‘zbek shoiri va dramaturgi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’rgazmadan maqsad  shoirning boy adabiy merosini keng ommaga tanitish, yosh avlodni ma’naviyatga oshno etishdir.

Ko’rgazmadan Usmon Azimning turli yillarda chop etilgan kitoblari, to’plamlari, arxiv fotosuratlari hamda u haqdagi maqolalar o’rin oldi.