“Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida navbatdagi tashrifchilar.

Yangiliklar

Jajji bolajonlar qalbida kitobga bo‘lgan ilk mexr albatta oiladan va bog‘chadan boshlanadi.Muzrabot tuman  Axborot-kutubxona markazida davom etayotgan “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida bu galgi tashrifchilari 1-umumta’lim maktabining jajji o’quvchilari bo‘ldi.  Bolajonlariga “Kitobim oftobim” kitobidan “Maktabdagi hangomalar” qiziqarli asari ovozli o‘qib eshittirildi hamda “Topgan topaloq” o‘yini o‘ynatildi. Bu o‘yinni jajji kitobxonlar katta qiziqish bilan o’ynadilar.