“Moviy jamadon” loyihasi amalga oshirildi.

Yangiliklar

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini amaliyotga tatbiq etish maqsadida  hamda “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Muzrabot tuman  Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumanimizdagi 33-umumta’lim maktabiga sayyor tadbir bilan tashrif buyurishdi.

📖 Tadbir davomida o‘quvchilarga TAKM fondidagi qiziqarli va tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar tanishtirilib, mutolaa madaniyati haqida suhbatlar o‘tkazildi.

✨ “Moviy jamadon” loyihasi nafaqat kitoblarni taqdim etish, balki yosh avlodni ilmga, kitobga mehr qo‘yishga undash, ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.