Ilmdan bir shu’la tushgan on,
Shunda bilursanki ilm bepayon.
FIRDAVSIY
2025-yil 11-sentyabr kuni Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazining “Bolalar” bo’limining mutaxassisi Beknazarova S. tumanning 1-sonli umumta’lim maktabi yosh kitobxonlar ishtirokida kutubxonaga kelgan yangi bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishdi va suhbat o’tgazishdi. So’ngra she’rlaridan namunalar o’qib eshittirildi. Taqdimotda 37 nafar o’quvchi ishtirok etdi.