“Kitob va mutolaa haftaligi” va “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida Muzrabot tuman Politexnikum talabalari Axborot-kutubxona markazida “Qiziqarli kutubxona”da nomli ekskursiya tashkil qilindi va kutubxonaga a’zo qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kitoblarga mehr qoʻygan insonda kitobxonlik madaniyati shakllanib, nutqi rivojlanishi, dunyoqarashi kengayib borishi, tafakkuri, fikr doirasi keng, maʼrifatli kishilar boʻlib, jamiyatning chinakkam maʼnaviy ongi keng boʻlishligi, mutolaaga va kitobga boʻlgan qiziqishni kuchaytirishini aytib, Vatanni ulugʻlab, ardoqlab yashash, hozirgi yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanib olish kerakligi haqida soʻz yuritilib yangi kelgan adabiyotlar kitob tag’iboti o’tkazildi.