Siz qanday kitob o’qishni xohlaysiz.
Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘jizalardan biri. Kitob mutolaasi, kitobxonlik esa hamma zamonlarda ham qadrlanib, e’zozlangan an’analardan. Bugun yurtimizda kitobxonlikka, xususan, yoshlarni kitob mutolaasiga rag‘batlantirish borasida tinimsiz harakat olib borilmoqda. Tuman aholisi, ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarida qanday kitob o’qishni istayotganliklarini, kutubxona ish faoliyatiga qanday baho berayotganliklarini o’rganish maqsadida hamda “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ijtimoiy so’rovnoma” o’tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan “So’rovnoma” tahlil qilinib, kitobxonlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar kutubxonaning kelgusidagi ish faoliyatida inobatga olinadi va kutubxona fondi ularning qiziqishlariga tayangan holda yangi adabiyotlar bilan boyitiladi.