Bugun Tuman axborot-kutubxona markazida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O`zbekiston Respublikasi aholisiga Axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishni yanada takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-4354-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev raxbarligida 2019 yil 19 martda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayonida belgilab berilgan vazifalarga muvofiq, umum ta’lim maktab kutubxonachilarining ish faoliyatini takomillashtirish va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish maqsadida. Tuman axborot-kutubxona markazining malakali xodimlari tomonidan tumandagi 5-14-16-17-23-28-42-47-51-55-57- umum ta’lim maktab kutubxonachilariga O‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
