Juma – Milliy liboslar kuni munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ish faoliyatini milliy liboslarda boshlashdi.
“Kitob va mutolaa haftaligi” va “Ochiq eshiklar haftaligi” doirasida markazga tashrif buyurgan tumanning 1-umumta’lim maktabining 7-sinf o’quvchilari xam bu tadbirda o’zlarining milliy liboslarida faol qatnashdilar.
2025-yil 2–12 sentyabr kunlari o‘tkazilgan “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasidagi tadbirlar yuksak saviyada nihoyasiga yetdi. Haftalik yakuni munosabati bilan tashrif buyurgan o’quvchilar kutubxonaning boy kitob fondi, yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilarga taqdim etilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlardagi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Kitob inson ma’naviy olamini yuksaltiruvchi buyuk kuch ekani yana bir bor ta’kidlandi.