Bugun Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida maʼnaviy-maʼrifiy ruhda muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi maslahatchisi Fotima Normamatova hamda markaz rahbari Botir Husanov ishtirok etib, yurtimizda tilga berilayotgan yuksak eʼtibor, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.
“Til – millat ko‘zgusi” mavzusida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish va kelajak avlodga sof holda yetkazish har birimizning burchimiz ekani alohida taʼkidlandi. Tadbir ishtirokchilari ona tilining betakror go‘zalligi, xalq maʼnaviyatidagi o‘chmas o‘rni haqida qimmatli fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Mazkur maʼrifiy uchrashuv yoshlarning milliy o‘zligiga bo‘lgan hurmatini oshirish, ularni ona tilimizni qadrlashga chorlash yo‘lida muhimdir.