Biz sizga eng yaxshisini tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📚 Men ham afandiman
✍️ Azamat Qorjovov

Ush bu kitob ko‘plab detektiv, mistika, hayotiy-maishiy va sarguzasht asarlar muallifi Azamat Qorjovovning hajviyalar to‘plamidir. Bu hajviyalar nafaqat hayotdan olingan, balki aksariyati yozuvchining o‘z boshidan kechirganlari. Azamat Qorjovovning ko‘plab asarlari turmushning sirli va qorong‘i ko‘chalarida sodir bo‘lgan voqealarni qamrab olgan bo‘lsa-da, aslida yozuvchi real hayotda quvnoq, hazilkash inson. Kitob bejizga «Men ham afandiman» deb nomlanmagan. Dunyoda Nasriddin afandi bitta bo‘lmaganiga, uningdek insonlar ko‘plab yashab o‘tganiga ushbu kitobni o‘qib beixtiyor ishonamiz.