Juma – Milliy liboslar kuni munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ish faoliyatini milliy liboslarda boshlashdi.
Milliy liboslarimiz – xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari va milliy o‘zligining yorqin ifodasidir. Ularni qadrlash va targ‘ib etish esa yoshlarimizda milliy g‘urur, vatanparvarlik va o‘zligini anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Muzrabot tumani 1- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining
5- sinf oʻquvchilari ham bugungi “Ахborot kutubxona markaziga sayohat” deb nomlangan ekskursiyaga o’zlarining milliy liboslarida tashrif buyurdi.
Qadimdan kitob mutolaasi shaxsni tarbiyalashda uning individual хususiyatlarini оchib berishda muhim va ajralmas rol oʻynagan, shuningdek uning shakllanishida muhim оmil boʻlib хizmat qilgan. Shu nuqtai nazardan zamonaviy dunyoda kitob mutolaasi birinchi navbatda uzluksiz taʼlim tizimida shu jumladan, har kimning kundalik faoliyatida alohida oʻrin tutishi lozim.

