Sizgadir yurakda asragan so’zim,
To mangu ta’zimda turaman oʻzim,
Dilimning tubida yangragan so’zim,
Ezgulik yolida tolmagan, Ustozim!
Muzrabot tumani Axborot – kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan tumanning 1- maktabining 2-sinf oʻquvchilari ishtirokida “Ustoz el ardogʻida” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Beknazarova S.ochib berdi va o’quvchilarga Ustozlar mehnati bu – katta sabr, mashaqqat, mehnat, ma’suliyat, shuningdek, doimiy oʻzini takomillashtirish va yuksak insoniy fazilatlarni talab qiluvchi murakkab kasblardan biri ekanligi aytib oʻtildi. Tadbir davomida oʻquvchilar ustozlarni madh etuvchi she’rlaridan aytib berishdi va oʻzlarining ustozlar haqidagi iliq fikrlarini aytib oʻtishdi.
Tadbir so’ngida Axborot-kutubxona markazi tomonidan tadbir qatnashuvchilari va Ustozlariga Tashakkurnoma va esdalik sovg’alari taqdim etildi.








