“Kitob hayot yo’li chirog’i” mavzusida kitobxonlik targ‘iboti  o‘tkazildi.

Yangiliklar

Kitob – zamonlar to’lqinida suzuvchi, o’zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab etkazuvchi tafakkur kemasidir. Shu bois Muzrabot  tuman Axborot – kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan  aholi o‘rtasida  kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida  aholi o‘rtasida “Kitob hayot yo’li chirog’i” mavzusida kitobxonlik targ‘iboti  o‘tkazildi. Targ‘ibot jarayonida mutaxassislari tumanning “Ijtimoiy himoya markazi” ga  bo’lishib  kutubxonadagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirdilar. Bugungi kunda kutubxonachilar oldida turgan asosiy maqsad kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog’ini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.