Metodik-amaliy yordam ko‘rsatildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi “Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish va abonament” bo’limi mutaxassislari Beknazarova S.va  Aminova O.  tomonidan tumandagi “Bodomzor” MFY.da joylashgan ko’chma kutubxona  kutubxonachisi Boltayeva M ga  metodik-amaliy yordam ko‘rsatildi.

Yordam jarayonida kutubxona ishini samarali tashkil etish, fond bilan ishlash, foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish va zamonaviy axborot-resurslaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

🔍 Ushbu tashabbus kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, axborot-maʼlumot xizmatlari sifatini oshirish va o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb etishga xizmat qiladi.