2025 yil 10-oktyabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Qizlar oʻzgarishlar etakchisi sifatida” shiori ostida nishonlanadigan 11 – oktyabr – Xalqaro qizlar kunini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida “Qizlarning kelajakdagi kasblari va orzulari” mavzusida 1-maktabning 4-sinf o’quvchi qizlari hamkorligida tadbir oʻtkazildi.
Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bogʻliq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qoʻl keladi. Kitobni inson tafakkurining qanotlariga oʻxshatishgan.Binobarin, kitob-hamisha ilm-ma’rifat, adab va axloq manbai boʻlib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan koʻra qudratliroq vosita yoʻq deb axborot-kutubxona markazi mutaxassisi S.Beknazarova gapirib oʻtdi.
Tadbirda oʻquvchi qizlar she’r va qushiqlar ijro etishdi. Kitobxonlik toʻgʻrisida oʻzaro – fikr almashishdi.

