📚 Bo’ri bilan qo’zichoq (Masallar)
✍️ Jan Lafonten
Jan Lafonten (1621 – 1695) — mashhur fransuz masalchi shoiri, o‘ziga xos sheʼriy asarlar muallifidir. U Fransiyaning qishloqlaridan birida o‘rmonchi oilasida tug‘iladi va tabiat qo‘ynida voyaga yetadi. Keyin esa Parijga kelib, badiiy ijod bilan shug‘ullanadi hamda tez orada taniqli masalchi shoir sifatida taniladi. Lafonten o‘z masallarida halollik, haqgo‘ylik, odamiylik singari umuminsoniy mavzularni ko‘tarib chiqadi hamda hayotda uchraydigan ijtimoiy kamchiliklar va inson xulqidagi nuqsonlarni hajviy kulgi ostiga oladi. Rus masalchisi I.Krilov Lafontenning qator masallarini rus tiliga tarjima qilgan va o‘z masallari uchun asos qilib olgan.

