📚 Quyosh botmaydigan yurt
✍️ Normurod Norqobilov
Normurod Norqobilov nomi o’zbek kitobxonlariga begona emas. Adibning “Qora bo’ri”, “Bekatdagi oq uycha”, “Qoyalar ham yig’laydi” nomli qissalari qiziqarli voqealari va ravon tili bilan o’quvchilar mehrini qozongan.
Adibning “Qoyalar ham yig’laydi” nomli qissasida o’g’li ko’chki ostida qolgan Ernazar polvonning iztiroblari qalamga olingan. O’g’lining fojiasiga guvoh bo’lgan otaning xayolidan nimalar o’tadi? Bunday damlarda insonga taskin berib bo’ladimi?
Ushbu to’plamdan o’rin olgan qissa va hikoyalar sizga ma’qul bo’lishiga ishonamiz.

