Milliy libos milliy gʻurur!

Yangiliklar

Muzrabot tuman  Axborot-kutubxona markazi jamoasi bugungi juma kunini milliy liboslar kuni munosabati bilan o‘ziga xos tarzda boshladi. Xodimlar milliy liboslarda ish faoliyatini olib borib, xalqimizning boy tarixiy merosi va milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini yana bir bor namoyon etdilar.

Bunday tadbirlar nafaqat jamoada ko‘tarinki kayfiyat yaratadi, balki yoshlar orasida milliy liboslarimizga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. ✨