“Diniy ekstrimizimga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati o’tgazildi.

Yangiliklar

24-oktyabr  kuni Muzrabot tuman  Axborot –kutubxona markazi o’quv zalida “Diniy ekstrimizimga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati o’tgazildi.
Davra suhbatida tuman xokimligidan O.Normurodova va markaz mutaxassislari  ishtirok etishdi. Mutaxassislar
Uzoq tarixga ega o’zbek xalqi doimo hur yashashga intilganligi, o’z ozodligi, mustaqilligi uchun kurashib kelganligi, Vatanni qadriga yetish, uni ko’z qorachig’iday asrash, yovuz kuchlardan himoya qilish haqida gapirib oʻtdilar. Oygul Normurodova  diniy aqidaparastlik va ekstrimizm bilan bog’liq tahdidlarni oldini olish maqsadida, ota -onalar bolalarini nima ish bilan mashg’ul bo’lishi, ularga bee’tibor bo’lmaslik haqida tushunchalar berib o’tdi. Tadbir davomida Bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan tayyorlangan “Muzrabot ” ro’znomasidagi maqolalar haqida tavsiyalar berdi.
Davra suhbati munozarali va keng doirada oʻtkazildi.