2025 yil 27 oktabr kuni Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida tuman axborot -kutubxona markazi mutaxassislari uchun “Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi” korik-tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlov 4 shart asosida o’tkazildi. Tanlovda Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi “Abonomentlar va Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish” bo’limi mutaxassisi Aminova Ozoda o’zining “Tirik kitob” loyihasi va yozuvchi Tog’ay Murodning “Oydinda yurgan odamalar” kitobiga tayyorlagan BOOKTREYLERI, baxri-baty hamda test sinovlari orqali ishtirok etdi va faxrli 3-o’rinni egalladi.Tanlovda 14 ta tuman va viloyat Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari o’zaro bellashdilar. Ko’rik-tanlov yakunida ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg’alar topshirildi.

