📚”Dil fasli”
✍️ Sirojiddin Sayyid
📜 O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Dil fasli” to’plamiga shoirning yangi yozgan she’rlari va ilgari nashr etilgan kitoblaridan olingan she’riy namunalar kiritilgan. Shoir ona Vatanni, muhabbat va sadoqatni avj pardalarda tarannum etadi. Yoshlik ayyomi, umr fasllari uning nazmida bor jo’shqinligi, rang va iforlari bilan namoyon bo’ladi. To’plamdan, shuningdek, “Bozor ijodiyoti” mavzuidagi hazil-mutoyibaga boy she’rlar ham alohida o’rin olgan. Mazkur rang-barang nazmiy guldasta shoirimizning kitobxonlarga toza va muattar dil tuhfasi bo’ladi degan umiddamiz.
