Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va tumanning 13-DMTT hamkorligida bolajonlarda Ona zaminimizni ardoqlash va tuprogʻini eʼzozlash hamda tabiat neʼmatlarini asrab-avaylash tuygʻularini yanada rivojlantirish maqsadida “Mehrjon va Hosil” bayramlari oʻtkazildi.
Bayram tadbirida bolajonlar yurtimizda etishtirilayotga meva va sabzavotlar toʻgʻrisida sheʼrlar, topishmoqlar va qoʻshiqlar aytishdi.Tabiatimiz neʼmatlarini madh etuvchi raqslar guldastasini taqdim etishdi.
Markazimiz mutaxassislari o’zlarining kitob ko’rgazmalari bilan bolajonlarga katta ta’surot qoldirdi.

