Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari uchun markazning “Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati” bo’limi tomonidan navbatdagi amaliy o’quv seminar bo‘lib o‘tdi.
👩💼 Seminar Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati tomonidan tashkil etilib, unda “Axborot-kutubxona fondini jamlashning maqsad va vazifalari” mavzusi atroflicha yoritildi.
Tadbir davomida:
fond tarkibiga qabul qilinadigan resurslarning tuzilmasi;
ularni hisobga olish tartibi;
hisobotlarda raqamlarni to‘g‘ri va aniq kiritish qoidalari, xususida kerakli ma’lumotlar berildi.

