Yo’l- yo’lakay kitob o’qiymiz  loyihasi doirasida kitob targ’ibot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Yangiliklar

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Yo’l- yo’lakay kitob o’qiymiz  loyihasi doirasida kitob targ’ibot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Undan ko’zlangan maqsad kutubxonaga a’zo bo’lmagan aholini yangi nashr etilgan  kitoblar bilan tanishtirish, ularni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat. Bugun ana shunday tadbir “Yangi hayot”  mahallasida o’tkazildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan aholining turli qatlamlari uchun “Nima uchun va shuning uchun”, “Kashfiyotlar va kashshoflar”, Artur Konan Doylning “Raqsga tushayotgan odamchalar”, “Ertakli 365 kun”, katta yoshdagi kitobxonlar uchun P.Perettining “Olcha daraxti bilan oramizdagi masofa”, X.Sultonning “Ishonch telefoni”, I.Sultonning “Genetik” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.