📚”Suiqasddan so‘nggi sukut yohud Chingizxondan Cherchillgacha”
✍️ Nurali Qobul
📜 Nobel mukofoti laureati Gabriel Garsia Markesning “Oshkora qotillik qissasi” asarida Santyago Nasarning o’ldirilishini barcha biladi. Biroq hamma gung, ko’ru kardek lomlim demay sukut saqlaydi. Bu sukut suiqasdidir.
Eng dahshatlisi, u o’ldirilgandan so’ng ham odamlar qotilning kimligini bilsalarda yana sukut saqlaydilar. Bu suiqasddan so’nggi sukutdir. Biz bir-birimizning qismatu qadarimizga loqayd qarar ekanmiz, bu kabi suiqasdlar davom etaveradi.
