Joriy yilning 12-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Muzrabot tumani axborot-kutubxona markaziga qarashli ko’chma kutubxona va tumanning 15-maktab o’qituvchi va o’quvchilari hamkorligida zakovat intellektual o’yin tashkil etildi. “Zakovat” intellektual o‘yini kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda “Kitobsevar millat” g‘oyasini targ‘ib qilish, o‘quvchilarni kitob o‘qishga, ilm-fan va tafakkurga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilimni kengaytirish va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, jamoaviy ishlash, tezkor fikrlash va o‘z fikrini asoslab ayta olish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. O’yin 3 bosqichda o’tkazildi. Natijalar bo‘yicha “Chaqqonlar” guruhi a’zolari g’olib deb topildi.

