👤 Muallif: Ahmet Batman.
📖 “Meni kuchliroq sev”
Turk adibi Ahmet Batman qalamiga mansub bu kitobda oiladagi tarbiya va mehr- muhabbat, bolalarning hayot sinovlariga bardoshi, ilm olishga tirishqoqligi, ota- bola hamda bobo- nevara munosabatlari, balogʻat yoshiga yetgan oʻsmirning begʻubor ishqi mahorat bilan tasvirlangan.
Asarda qalamga olingan oilaviy munosabatlar, ishqiy kechinmalar, bolalik xotiralari va qalb iztiroblari muallif tomonidan voqealar zanjiri orqali bayon qilinadi.
