“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida “Adiblar olami kuni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘qituvchilar, o’quvchilar hamda “Bilimdon yoshlar” kitobxonlar klubi a’zolari, kutubxona xodimlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida kutubxona mutaxassislari xalqimizning boy tarixiy merosi, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho madaniy va ilmiy boyliklar, shuningdek, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish zarurligi haqida so‘z yuritdi.
Ishtirokchilar o’zbek adiblarining mashhur she’r va asarlaridan parchalar keltirdilar.Davra suhbatidan so’ng ” Men yozuvchi bo’lsam…” mavzusida insholar tanlovi o’tgazildi.

