“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi olib borildi.

Yangiliklar

Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson ko’p narsalarga o’zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do’st , hamroh, dono maslahatchi bolib kelgan . Ba’zi kitoblarni mutolaa qilganda inson ozi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin . Ayniqsa bugungi yoshlarning kopchiligi bizning davr bir joyda otirib kitob varaqlaydigan davr emas deb ta`kidlashadi. Lekin kitob har qanday vaziyatda ham o’z o’rnini yo’qotmaydi. “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi doirasida targ’ibot tadbirlari muntazam o’tkazib kelinmoqda. Bugun shunday tadbir  “Yangi hayot” mahallasi aholisi o’rtasida olib borildi.