✍️ O’lmas Umarbekov
📖 Qizimga maktublar
Mangu dunyo bo‘sag‘asida”gi otaning yolg‘iz qiziga atalgan so‘nggi so‘zlari, o‘gitlari. Mutolaa davomida kitobxon yozuvchining iztiroblarini his qiladi, taskinga og’iz juftlaydi, bo‘g‘zi noaniq tuyg‘udan achishadi, olisdagi farzand bo‘lib, otasidan nasihat tinglaydi. Bu maktubda otaning o‘tmishi, buguni, kelajak umidlari aks etgan. Satrlarda yugurayotgan nigohlar dilga hayajon soladi: keyin-chi, oxiri nima bo‘ladi?
O‘lmas Umarbekovning so‘nggi asari bo‘lgan mazkur kitob nafaqat o’smirlarga, balki keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan. Mutolaadan so‘ng o‘zimizni taftish qilsak, kelajakka tiyran nigoh tashlasak, o‘ylasak, demak, yozuvchi o‘z maqsadiga erishibdi.
