“Mehrjon” bayrami arafasida “Sahovatli kuz” nomli  tadbir

Video lavhalar

Mehrjon — bu mehnat, baraka va shukronalik bayrami. Bu fasl tabiatning eng saxovatli, eng mehrli pallasi bo‘lib, ona zamin o‘z bag‘ridan mo‘l ne’mat hadya etadi. Shu boisdan Muzrabot tuman  axborot-kutubxona markazida tumanning 1-maktabining 2-sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda  “Mehrjon” bayrami arafasida “Sahovatli kuz” nomli  tadbir va rang-barang ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazma xalqimizning qadimiy qadriyatlari, mehnatsevar dehqonlarimizning fidokorona mehnati va yurtimiz dalalarida pishib yetilgan mo‘l hosilni madh etuvchi bayramona ruhda o‘tkazildi.