Joriy kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan Zo‘ravonlikka qarshi kurashishning 16 kunligi doirasida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi ham faol ishtirok etmoqda.
Shu munosabat bilan Axborot-kutubxona markazi hamda tumanning Madaniyat bo‘limi mutaxassislari hamkorligida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuv davomida zo‘ravonlikning oldini olish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va aholining huquqiy ongini oshirish kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda, shuningdek: Axborot-kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari haqida ma’lumotlar berildi;
QR-kod va havolalar tushirilgan logotiplar orqali targ‘ibot ishlari olib borildi.Uchrashuv ishtirokchilarga foydali ma’lumotlar taqdim etilib, zo‘ravonlikka qarshi kurashda har bir insonning o‘rni va mas’uliyati yoritib berildi.Targ‘ibot ishlari davom etmoqda.Jamiyatda mehr, totuvlik va hurmatni mustahkamlash yo‘lida barchamiz birgalikda harakat qilaylik!

