Bugungi kunda o‘tkazilgan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihamizning navbatdagi mavzusi — Zo‘ravonlikka qarshi kurashishning 16-kunligiga bag‘ishlandi.
Loyiha doirasida Muzrabot tumanining “Shaffof” MFY hududida joylashgan savdo shoxobchalari hamda aholi gavjum maskanlarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbir davomida aholiga:
kitob o‘qishning inson tafakkuri va madaniyatiga ijobiy ta’siri,zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishning muhim jihatlari,
hamda sog‘lom jamiyat barpo etishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida ma’lumotlar berildi.Aholiga axborot-kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tezkor o‘tish uchun QR-kodlar taqdim etildi, targ‘ibot logotiplari aks ettirildi. Loyihamiz izchil davom etadi.Keling, zo‘ravonliksiz, mehr va o‘zaro hurmatga boy jamiyatni birgalikda quraylik!

