Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazining ko‘chma kutubxona mutaxassislari Xamrayeva Umida va Ismoilova Lobar tomonidan aholiga, ayniqsa yosh kitobxonlarga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Targ‘ibot davomida Axborot-kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tezkor o‘tish imkonini beruvchi QR-kod va silka tushirilgan logotiplar namoyish etilib, ularning mazmuni va ahamiyati tushuntirildi.Tadbir yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni kutubxonaga jalb qilish va zamonaviy axborot manbalaridan foydalanishga undashga xizmat qildi.Targ‘ibot ishlari izchil davom etadi.Yoshlarni kitobga mehr qo‘yishga, bilim va ma’rifat sari intilishiga chorlaymiz!

