“Konstitutsiya – huquq va erkinliklar kafolati” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.

Yangiliklar

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Muzrabot Axborot-kutubxona markazida “Konstitutsiya – huquq va erkinliklar kafolati” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.oʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unga oid sharhlar, huquqiy adabiyotlar, davlat va jamiyat qurilishiga oid nashrlar hamda fuqarolik huquqlarini yorituvchi kitoblar havola etildi.Koʻrgazmaning maqsadi – kitobxonlar, ayniqsa yoshlar orasida Konstitutsiyaga hurmat, huquqiy bilim va fuqarolik mas’uliyatini oshirishdan iborat.