Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi ” nomli sayyor tadbirlar tashkillashtirildi

Yangiliklar

“3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi ” nomli sayyor tadbirlar tashkillashtirildi. Tadbirda xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish maqsadida axborot – kutubxona fondidagi badiiy adabiyot, jahon adabiyoti va rus adabiyotlari yetkazib berildi.
Shular jumlasidan “Yangi hayot” MFY.da istiqomat qiluvchi O’taganov I.,”Nurli hayot” MFY.da istiqomat qiluvchi Mengliyeva I.,”Madaniyat” MFY.da istiqomat qiluvchi Hamrayeva O’., “Sopollitepa”MFY.da istiqomat qiluvchi Mahmudova R. kabi insonlarga mehr ulashildi.