Tumanning “Yo’lchi” MFY. va Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.
“Yo’lchi”MFY. bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi o‘rtasida ko‘chma kutubxona xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Shartnomaga asosan mahalla aholisi, xususan yoshlar va kitobxonlar uchun muntazam ravishda ko‘chma kutubxona xizmatlari ko‘rsatilib boriladi.

