Chingiz Aytmatov va Oybek ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi

Yangiliklar

Chingiz Aytmatov va Oybek ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasiMuzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida buyuk adiblar Chingiz Aytmatov va Oybek ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.Ko‘rgazmada yozuvchilarning hayoti, ijodi, adabiyotimizga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, ularning eng sara asarlari kitobxonlarga namoyish etildi.
Tadbirning maqsadi — yoshlar va kitobxonlar orasida mumtoz adabiyotga qiziqishni oshirish, ma’naviy dunyoqarashni boyitish va adabiy merosimizni keng targ‘ib qilishdir. Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar adiblar asarlaridan parchalar o‘qib, ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishishdi.