📚 Kitob — bilim va taraqqiyot manbai!
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hamda “Smart Academy” o‘quv markazi hamkorligida o‘quvchilar uchun kitoblar targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga turli yo‘nalishdagi badiiy va ilmiy adabiyotlar tanishtirilib, mutolaa madaniyatini oshirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish haqida suhbatlar olib borildi. Faol qatnashgan o‘quvchilar o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
📖 Kitob o‘qish — kelajak sari ishonchli qadam!

