Kitob – ma’naviyat manbai

Yangiliklar

📚 Kitob – ma’naviyat manbai 📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi hamda 15-maktab o‘quvchilari hamkorligida o‘zbek bolalar adabiyotining sevimli yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yozuvchining hayoti va ijodi, asarlaridagi tarbiyaviy g‘oyalar, yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilar tomonidan adib asarlaridan parchalar o‘qildi hamda faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.
📖 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.