Biz sizga tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📖 “KETS YULDUZI”

(http://book.uz/kets-yulduzi)Oyga uchishni, yulduzlarni yaqindan tomosha qilishni orzu qilmagan inson yo‘q. Bu istakni fantast yozuvchi Aleksandr Belyaev «Kets yulduzi» asari orqali amalga oshirishga yordam beradi. U o‘z qahramonlari, Kets yulduzida ilmiy ishlarini olib borayotgan olimlar bilan birga kitobxonni samoviy sayohatga chorlaydi. Yerning sun’iy yo‘ldoshi Ketsda hayvonlarning fikrlab gapirishi, o‘simliklarning o‘rmalashi, shuningdek, Oyning bizga ko‘rinmaydigan tomonidagi tubsiz jarliklarda sodir bo‘layotgan sir-sinoatlar, undan ham qiziqarlisi, Oyning ikkiga ajralib ketishi haqidagi farazlarga asos bo‘layotgan hodisalar har qanday odamning aqlini shoshiradi, hayratini oshiradi, qo‘rquvini kuchaytiradi.

Mazkur asar tasavvurni kengaytirib, xayoliy manzaralarni uyg‘otibgina qolmay, muhabbatning nimalarga qodirligini ham ko‘rsatadi.