Biz sizga eng yaxshisini tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

Sobiq Sovet va mustaqillikning dastlabki choragida “zapret” da bo’lgan kitob haqida gap ketganda, nima uchun shunday bo’lgan ekan, ha deb o’ylab qolaman. Kitobni o’qib ko’rib shuni bildimki, sizning dunyoqarashingiz va nimalar haqida ko’proq o’ylashingiz siz yashab turgan jamiyatga bog’liq bo’larkan.

Kitobda keladigan quyidagi iqtibosga diqqat qiling:
“Ular toki ongli bo’lmaguncha, isyon qilmaydilar, isyon qilmaguncha ongli bo’lolmaydilar”. Sizning birinchi darajali ehtiyojlaringiz (gaz, svet, uy-joy, kunlik oziq-ovqat va hokazo) qoniqtirilmay turib, sizda isyon qilishga vaqt va xohish bo’lmaydi. Isyon qilish uchun oldin qorin to’q bo’lishi kerak. Biz bu fikrlar bilan isyonga chorlayotganimiz yo’q, aslo.

Aytmoqchi bo’lganimiz, bizning jamiyat ongli bo’lishini istasak, oldin ularni gaz, svet va yaxshigina oylik bilan ta’minlab qo’yishimiz kerak, ishoning, bu qiyin emas, bizda bu boyliklar ortig’i bilan bor, shunchaki, halollik va adolatni hayotda tatbiq qilsak bas.

Kitob: 1984
Muallif: Jorj Oruell