Tohir Malik tavalludi munosabati bilan kitobxonlar uchun mazmunli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yangiliklar

O‘zbek adabiyotining taniqli namoyandasi, mohir yozuvchi Tohir Malik tavalludi munosabati bilan kitobxonlar uchun mazmunli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada adibning mashhur asarlari, turli yillarda nashr etilgan kitoblari hamda ijodiga oid adabiyotlar namoyish etildi.
Tadbir davomida yozuvchining boy ijodi, asarlaridagi hayotiylik, milliy qadriyatlar va inson ruhiyati tasviri haqida suhbatlar olib borildi. Kitobxonlar Tohir Malik asarlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mazkur ko‘rgazma yoshlar va kitobsevarlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish, adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.