“Kitobxon bolalar — yurt kelajagi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida qishki ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitobxon bolalar — yurt kelajagi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir TAKM Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan kutubxonaga kelgan kitobxon o‘quvchilar ishtirokida tashkil etildi.
Davra suhbati davomida bolalarga kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati, kelajakda o‘z o‘rnini topishda kitobning beqiyos ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, Axborot-kutubxona markazi fondida mavjud badiiy hamda ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar o‘quvchilarga qishki ta’til kunlarida mutolaa qilish uchun vaqtincha foydalanishga topshirildi.
❄️📖 Ta’til — bilim olish uchun eng qulay fursat!