📚Gyote: G‘arbu Sharq devoni.
📌Ulug‘ olmon adibi Yohann Volfgang Gyote (1749-1832) shoir va dramaturg, adabiyotshunos, huquqshunos va sharqshunos, faylasuf, tabiatshunos va davlat arbobi hamda “Yosh Verterning iztiroblari”, “G‘arbu Sharq devoni”, “Faust” singari boqiy asarlar, shuningdek, 3 mingdan ziyod she’rlar muallifidir. Nemis yozuvchisi Klaus Zeehafer qalamiga mansub ushbu risolada o‘z ijodi bilan jahon adabiyoti xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ siymoning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hikoya qilinadi. Kitobdan, shuningdek, daho shoir va mutafakkir qalamiga mansub Tabiat, Inson, hayot, ijod va san’at haqidagi hikmatlar ham o‘rin olgan.Tarjimon M. Akbarov mazkur hikmatlar tarjimasi ustida ishni davom ettirdi. Buning natijasi o‘laroq asliyatdan o‘girilib, ilk marta e’lon qilinayotgan Gyotening ushbu hikmatlari ham kitobxonlarda qiziqish uyg‘otadi, deb umid qilamiz.
