“Xudoyberdi To‘xtaboyev — bolalar adabiyoti darg‘asi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandasi, sevimli adib Xudoyberdi To‘xtaboyev tavalludining 93 yilligi munosabati bilan “Xudoyberdi To‘xtaboyev — bolalar adabiyoti darg‘asi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. 📚
Mazkur ko‘rgazmada yozuvchining bolalar qalbidan chuqur o‘rin olgan, ma’naviy tarbiya va kitobxonlikni targ‘ib etishga xizmat qiluvchi mashhur asarlaridan namunalar namoyish etildi. Tadbir davomida kitobxonlar adib ijodi, uning bolalar adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ushbu ko‘rgazma yosh avlodda mutolaa madaniyatini shakllantirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.