📚 Metodik-amaliy yordam — sifatli kutubxonachilik garovi!
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumanning 12–30-sonli umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun metodik-uslubiy amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbir davomida kutubxona ishlarini samarali tashkil etish, kitob fondi bilan ishlash, kitobxonlikni targ‘ib etish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish usullari bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar maktab kutubxonalarining faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh avlodda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
📖 Kitob bilan yuksalaylik!

