📚 Qadrim
✍️ Pirimqul Qodirov
Qadrli kitobxonlar!
Har bir inson ochilmagan noyob qirralar bulog’i. Ba’zan kishi nelarga qodir ekanligini o’zi ham tasavvur eta olmaydi. Qachondir kimdir yoki biron voqea turtki bo’ladi-yu inson o’zidagi iqtidorni kashf etadi. Shundan so’ng hayot nurga to’ladi. Negaki, kishi o’zidagi salohiyatni yuzaga chiqarmaguncha yashayotgan jamiyatida qadr-qimmat topa olmaydi. Unga qadar kishi, shunchaki, bir odam hisoblanadi. Shu bois har bir inson, ayniqsa, yosh yigit-qizlar tezroq o’zlaridagi iqtidorni namoyon etishini istashadi.
“Qadrim” asari o’zidagi iste’dodni yuzaga chiqara olmayotgan yoshlarimiz uchun misoli yo’lchi yulduz bo’la oladi, degan umiddamiz.
