📚 Kitob — maʼnaviyat manbai 📚
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi Obi hayot mahallasida joylashgan 29-son Madaniyat uyi ishchi-xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ko‘chma kutubxona orqali kitobxonlik targ‘iboti olib borildi. Tadbir davomida xodimlar turli yo‘nalishdagi badiiy va ma’rifiy adabiyotlar bilan tanishib, mutolaa qilishga jalb etildilar.
Bunday tashabbuslar kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ma’naviy dunyoqarashni boyitish va bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazishga xizmat qiladi.
📖 Kitob o‘qing — tafakkuringiz yuksalsin!

