📚 Kitob — eng yaqin do‘stimiz 📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida “Kitob — eng yaqin do‘stimiz” mavzusida kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga badiiy va ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Ushbu tashabbus kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
📖 Kitob bilan yashaylik, ma’naviyatimizni boyitaylik!

